![]() ![]() "Ruhiy boylik" so'z birikmasidagi "ruh" so'zi ma'naviy olam, ichki dunyo ma'nolarida keladi. Xullas, "ruhiy xasta" so'z birikmasidagi "ruh" so'zi jon va yo aql ma'nosida noto'g'ri qo'llanadi. Shuning uchun ham, masalan, "Tani-joningiz sog'mi?" deya hol-ahvol so'raymiz, lekin "Ruhingiz sog'mi?" demaymiz. Ruh esa, pok, boy, qashshoq, yuksak,tuban va boshqa so'zlarda sifatlanishi mumkin, biroq unga biz tushungan ma'nodagi xastalik, tanaga xos bemorlik batamom begonadir. Ona tilimizdagi "joni qattiq", "joni sabil" kabi so'z birikmalari ham ruhga emas, jonga bog'liq holda qo'llanadi. Jinni, telba, aqldan ozgan ma'nolarini anglatuvchi bu so'z birikmasi aslida "joni xasta" bo'lishi kerak edi, chunki rus tilidagi "dusha" jon ma'nosini, "dux" esa, ruh ma'nosini anglatuvchi so'zdir. ![]() "Ruhiy xasta" so'z birikmasi rus tilidagi "dushevnobolnoy" qo'shma so'zining o'zbek tiliga, aytish kerakki, birmuncha noto'g'riroq tarjimasi hisoblanadi. ![]() "Ruhshunoslik" atamasi yunoncha "psixologiya" atamasining o'zbek tiliga tarjimasi bo'lib, bunda "ruh" "psixika", ya'ni, ichki qurilish, ichki tabiat, sezim, asab tizimi ma'nolarini anglatadi. "Ko'tarinki ruh", "tushkun ruh", "ruhsiz" deyilganida u "kayfiyat" ma'nosida keladi. Bundagi "ruh" so'zida zamonga xos etakchi tamoyil, xususiyatni anglaymiz. "Ruh" nima? Bu so'z ona tilimizdagi eng purhikmat so'zlardan biri bo'lib, ong oqimi, tafakkur yo'nalishi, aql, hissiyot, kayfiyat, kechinma, marom, tamoyil, tabiat, jon va boshqa yana ko'plab ma'nolarni o'zida mujassamlashtira oladi. ![]()
0 Comments
Leave a Reply. |
AuthorWrite something about yourself. No need to be fancy, just an overview. Archives
January 2023
Categories |